Holand Ronalduning rekordini yangilashi mumkin
“Manchester Siti”ning norvegiyalik hujumchisi Erling Holand Krishtianu Ronalduning Yevropa Chempionlar Ligasi tarixidagi rekordini yangilashi mumkin. Bu haqda Shotlandiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Alli Makkoyst o‘z intervyusida aytib o‘tdi deb xabar berdi
Holand klub safida 2025-26 yilgi mavsumni ajoyib tarzda boshladi. U joriy mavsumda “Tottenhem”ga qarshi o‘yindan tashqari barcha o‘yinlarda gol urdi va hozirgacha barcha musobaqalarda 7 o‘yinda 9 ta gol kiritdi.
Kecha, 27 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Manchester Siti” o‘z maydonida “Bernli”ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Holand ushbu o‘yinda ikki gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2024-25 yilgi jarohatli mavsumdan so‘ng, Pep Gvardiolaning biroz omadsiz mavsumni o‘tkazgan jamoasiga kuchli formada qaytdi.
Shotlandiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Alli Makkoyst Holand haqida shunday dedi:
Shuningdek, Makkoyst “Manchester Siti”ning hozirda biroz susaygani va himoyalanib o‘ynayotganini aytib, bu uslub Holandga qo‘l kelayotganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni chempionatining 2024/2025 mavsumida eng yaxshi to‘purar sifatida portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr” tarkibida “Oltin butsa” mukofotiga sazovor bo‘lgandi.
Вернуться назад